top of page
OTA - ONALAR
7. Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas'uliyatlari.
7.1. Ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchi shaxslar:
- o’zlarining balog’atga yetmagan bolalari uchun ta'lim shakllarini umumiy ta'lim muassasasi turi va o’qish turini tanlash;
- ta'lim muassasasi ma'muriyatidan maktab Ustavi asosida shart-sharoitlar yaratilishini, bolaga hurmat bilan munosabatda bo’lishini talab qilish;
- ta'lim muassasasi faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
7.2. Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar:
- bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan sog’lom bo’lishi to’g’risida g’amxo’rlik qilishlari;
- bolaning qadr-qimmatini hurmat qilishlari, bolada mehnatsevarlik, yaxshilik, muruvvat tuygularini, davlat tili va ona tiliga, madaniy qadriyatlarga nisbatan hurmat fazilatlarini tarbiyalashlari;
- bolalarini maktabda o’qitish uchun yoki belgilangan talablar xohishida (shartnoma asosida) pullik ta'lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratishlari shart.
7.3. Ota-onalar yoki ularni o’rnini bosuvchi shaxslar maktabda o’quvchilarni manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda, ushbu muhokamada qatnashish huquqiga egadirlar.
7.4. Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar farzandlarning maktabda DTS talablari doirasida ta'lim-tarbiya olishlari uchun amaldagi qonunlarga binoan maktab bilan barobar mas'uldirlar.
bottom of page